Dubayda 360 gradusga aylanadigan eng baland panoramali basseyn ochildi

Dubayda 360 gradusga aylanadigan eng baland panoramali basseyn ochildi

Dubayda 360 gradus ko‘rinishga ega dunyodagi eng baland panoramali basseyn paydo bo‘ldi. Bu haqda Thenationalnews.com xabar bermoqda.

Aura Skypool 200 metr balandlikda joylashgan. Uning dizayni shunday yaratilganki, suv yon tomonlardan to‘lib toshib, uning cheksizligi taassurotini beradi.

Bugungi kunda basseyn 360 daraja ko‘rinishga ega dunyodagi eng baland panoramali suzish havzasidir. Bu yerdan Dubay, Fors ko‘rfazi, Palm Jumeira orolini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, afsonaviy Burj Al Arab va Burj Xalifa binolari va BAAdagi eng katta aylanma inshoot Ain Dubai ko‘rinadi.

Panoramali basseyn Palm Tower'da 50-qavatda joylashgan. Terrasa maydoni 750 kvadrat metrni tashkil qiladi. Quyoshli yostiqlar bilan jihozlangan bir nechta joylar mavjud. Narx mehmon qaysi zonalarni tanlashiga va qaysi vaqtda Dubayning yangi diqqatga sazovor joyiga tashrif buyurishga qaror qilganiga bog‘liq. Narxlar 170 AYED ($46) dan boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!