DTM 2020 yilda abituriyentlar uchun qanday yangiliklar tayyorlab qo‘ygan?

DTM 2020 yilda abituriyentlar uchun qanday yangiliklar tayyorlab qo‘ygan?

2020 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosida Yoshlar press-klubining navbatdagi sessiyasi doirasida ta’lim sohasida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida Davlat test markazi direktori Majid Malikovich Karimov Davlat test markazi tomonidan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar, kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan  test sinovlarini takomillashtirish bo‘yicha rejalar borasida ma’lumot berdi.

Test sinovlarini takomillashtirish bo‘yicha rejalar:

✅ Test topshiriqlarining mazmuni va tuzilishini takomillashtirish hamda ularga mos javoblarini har xil (standartlashtirilmagan, fikrlashga yo‘naltirilgan) holda tuzishni bosqichma-bosqich joriy etish.

✅ Hududlarda yengil konstruksiyali materiallardan katta sig‘imli binolar va inshootlar qurilishi va yil davomida test sinovlarini o‘tkazish. Binolarni zamonaviy videokuzatuv kameralari hamda audioyozuv qurilmalari bilan jihozlash.

✅ Abituriyentlarga Davlat test markazining rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini yaratish.

✅ Abituriyentlarga yil davomida test sinovi topshirish imkoniyatini yaratish.

✅ Abituriyentlarga 5 yoki 6 tagacha oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)ni tanlash imkonini berish.

✅ Chet tillaridagi kabi umumta’lim fanlaridan sertifikat berishni bosqichma-bosqich joriy etish.

✅ XTV bilan birgalikda OTMga kirish istagidagi bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazish va o‘quvchilar bitiruv imtihoni ballari asosida tanlovda ishtirok etishini ta’minlash.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!