DTM 2019 yil test topshiriqlari bazasidagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi
15 aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi mutaxassislari 2019 2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida test varaqalariga kiritiladigan asosiy o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lumot berilishicha, joriy yilda test topshiriqlari bazasini shakllantirishda quyidagi yangiliklar:
- Grafik, yozuvsiz xarita, rasmlar (masalan, geografik nuqtalar, diagramma, grafiklardagi ko‘rsatkichlar yoki rasmlar test savollari varaqasida aks etadi);
- Adabiyot fanidan ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga kiritilgan badiiy asarlardan ayrimlarini to‘liq o‘qish tavsiya etiladi;
- O‘lchov birliklarining yangicha ifodalanishi qo‘llaniladi.
Tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati quyidagi asarlardan iborat:
1. O‘tkan kunlar , Abdulla Qodiriy (9-sinf dasturidan)
2. Kecha va kunduz , Cho‘lpon (11-sinf dasturidan)
3. Abulfayzxon , Fitrat (11-sinf dasturidan)
4. Shum bola , G‘afur G‘ulom (6-sinf dasturidan)
5. Mirzo Ulug‘bek , Maqsud Shayxzoda (8-sinf dasturidan)
6. Yulduzlar mangu yonadi , Tog‘ay Murod (6-sinf dasturidan)
7. Yulduzli tunlar , Pirimqul Qodirov (6-sinf dasturidan)
8. Dunyoning ishlari , O‘tkir Hoshimov (5-sinf dasturidan)
9. Ruhlar isyoni , Erkin Vohidov (11-sinf dasturidan)
10. Sohibqiron , Abdulla Oripov (9-sinf dasturidan)
O‘lchov birliklari esa quyidagi shaklda qo‘llaniladi:
1. Santi- old qo‘shimchasi - s eski shakli, s yangi shakli
2. Gektar ga eski shakli, ha yangi shakli
3. Akr ar eski shakli, a yangi shakli
4. Massaning atom birligi m.a.b. eski shakli, u yangi shakli
5. Millimetr simob ustuni mm. simob ustuni eski shakli, mm Hg yangi shakli
6. Soat soat eski shakli, h yangi shakli
7. Sutka kun eski shakli, d yangi shakli
8. Kilovatt-soat kW-soat eski shakli, kW-h yangi shakli
9. Amper-soat A-soat eski shakli, A-h yangi shakli
Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Davlat test markazi direktori va rahbariyatning boshqa a’zolari bilan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazilgandi. Tadbirda 2019 2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgandi.
Manba: kun.uz
