“Dorian” to‘foni o‘ta xavfli toifaga o‘tdi va AQShga qarab harakatlanmoqda

“Dorian” to‘foni o‘ta xavfli toifaga o‘tdi va AQShga qarab harakatlanmoqda

Atlantika okeanidagi “Dorian” to‘foni to‘rtinchi, o‘ta xavfli toifaga o‘tdi, to‘fon markazidagi shamol tezligi soatiga 215 kilometrni tashkil qilmoqda, deya xabar beradi AQShning to‘fonlarni nazorat qilish Milliy markazi.

Ayni vaqtda “Dorian” Floridaning Vest - Palm Bich shahridan taxminan 925 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mutaxassislar to‘fon yarim orolga dushanba kuni yetib kelishini, ungacha esa Bagama orollarini zabt etishini taxmin qilishmoqda. To‘fon ular tomonga qarab soatiga 17 kilometr tezlik bilan harakatlanmoqda.

“Dorian” – ushbu mavsumdagi to‘rtinchi to‘fon. Oldingi uchta to‘fondan faqat “Barri” odamlar orasidagi o‘limga sabab bo‘ldi – bir kishi halok bo‘ldi. O‘tgan mavsumda Floridada ikkita, “Gordon” va “Maykl” nomli to‘fon kuzatilgan edi, oqibatda o‘nlab insonlar halok bo‘lishgan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, “Dorian” mamlakat tarixidagi eng yirik to‘fonlardan biri bo‘lishi mumkin, deb ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!