Donald Tramp qancha nafaqa olmoqda?

Donald Tramp qancha nafaqa olmoqda?

Shu yilning yanvar oyi oxiridan boshlab AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik nafaqasini olishni boshladi va shu vaqtdan beri u 65 ming dollar oldi, deb yozadi Business Insider.

Tramp sobiq prezident sifatida yillik 221 ming dollardan ortiq pensiya olish huquqiga ega. U soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Donald Tramp 2017 yil 20 yanvardan 2021 yil 20 yanvargacha AQSh prezidenti bo‘lib ishlagan. Tramp davlat rahbari sifatida prezidentning maoshini (yiliga 400 ming dollar) rad etdi. Ammo qonunga ko‘ra, uni to‘lash kerakligi sababli, respublikachi turli vazirliklarga, shuningdek koronavirus uchun dori-darmonlarni ishlab chiqarishga pul o‘tkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!