Doha–Dublin reysida turbulentlik sabab 12 kishi jarohatlandi

Doha–Dublin reysida turbulentlik sabab 12 kishi jarohatlandi

Qatar Airways aviakompaniyasining Dohadan Dublinga uchayotgan samolyotida 12 kishi jarohat oldi.

Qatar Airways aviakompaniyasining Dohadan Dublinga yakshanba kuni uchayotgan samolyoti Turkiya osmonida kuchli turbulentlikka uchraganida 12 kishi jarohat oldi.

Bu bir hafta ichida kuchli turbulentlikning ikkinchi holatidir. Bundan bir necha kun avval Cingapurga uchayotgan samolyot yo‘lovchilaridan biri (73 yoshli britaniyalik) havo cho‘ntagiga qulashi oqibatida halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi og‘ir jarohat olgan edi.

Dohadan Dublinga parvoz chog‘ida Boeing 787-9 Dreamliner samolyotining olti nafar yo‘lovchisi va bir xil miqdordagi ekipaj a’zolari turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!