Dog‘istonda terakt qurbonlari soni ortdi

Dog‘istonda terakt qurbonlari soni ortdi

23 iyun kuni Dog‘istonda sodir etilgan terakt oqibatida og‘ir yaralangan yana bir polisiyachi vafot etdi. Halok bo‘lgan polisiyachilarning umumiy soni 18 nafarga yetdi, deb xabar beradi «Interfaks».

Umuman olganda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 23 kishi terakt qurboni bo‘lgan. Ikki yaradorning ahvoli og‘ir, yana uch nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irligida shifoxonada qolmoqda.

Terrorchilar Derbent va Maxachqal’adagi ikkita sinagoga va ikkita cherkov hamda yo‘l polisiyasi postiga hujum qildi. Olti nafar jangari, jumladan Dog‘istonning Sergokalinskiy tumani rahbarining ikki o‘g‘li va jiyani yo‘q qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!