Dmitriy Kuleba: "Ukrainani qo‘llab-quvvatlamagan davlatlar jazolanadi"

Dmitriy Kuleba: "Ukrainani qo‘llab-quvvatlamagan davlatlar jazolanadi"

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba Rossiyaga qarshi jangovar harakatlar paytida Kiyevga yordam berishdan bosh tortgan davlatlar harbiy mojaro tugaganidan keyin javobgarlikka tortilishini aytdi.

«Agar dunyoda kimdir u yoki bu davlat o‘zini qanday tutgani yoki Ukrainaga o‘z tarixining eng qorong‘u daqiqalarida qanday munosabatda bo‘lgani - kelajakdagi munosabatlarni qurishda e’tiborga olinmaydi deb o‘ylasa, bu odamlar diplomatiya qanday ishlashini bilmaydi», dedi ukrainalik vazir.

Kulebaga ko‘ra, ushbu harbiy mojaro paytida o‘zini «noto‘g‘ri tutgan» va «Ukrainaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan» davlatlar kelajakda javobgarlikka tortilishi kerak. Bu omillarning barchasi Kiyev tomonidan hisobga olinadi, chunki jangovar harakatlar paytida «har kim o‘z tanlovini qilishi kerak», deb tushuntirdi Ukraina TIV rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!