Dmitriy Kuleba Rossiya bilan muzokaralarga hali erta deb hisoblaydi

Dmitriy Kuleba Rossiya bilan muzokaralarga hali erta deb hisoblaydi

"Bizga durang emas, g‘alaba kerak. Agar Rossiyaga hozir tanaffus uchun imkon berilsa, Putin Yevropaning markazida muzlatilgan mojaro — har daqiqada portlashga tayyor bo‘lgan ulkan bomba yaratadi", — deydi Ukraina Tashqi ishlar vaziri Venadagi Umumevropa ittifoqi kongressi yig‘ilish ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida.

"Evropaning bunday maqsadni ko‘zlashi strategik xato bo‘ladi. Men Ukraina hamkorlarini ogohlantiraman: bizga murosa taklifini bermang. Chunki bu sizning o‘z xavfsizligingiz garovga qo‘yilgan murosa bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Kuleba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning hech bir davlati Ukrainadek tinchlikka intilmayapti, bunday urushlar yaxshilikning yovuzlik ustidan g‘alabasi bilan yakunlanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri o‘rinbosari Vladimir Gavrilov Rossiya bilan hozircha muzokara olib borishning imkoni yo‘qligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!