Diyora Usmonova turmush o‘rtog‘ini ommaga ko‘rsatdi

Diyora Usmonova turmush o‘rtog‘ini ommaga ko‘rsatdi

Rossiyalik taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning sobiq kelini – marhum jiyani Bobur Usmonovning bevasi Diyora Usmonova 2017 yilning 27 iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
 
Ko‘pdan beri Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Diyora Usmonovaning kim bilan turmush qurgani ko‘pchilikka qiziq bo‘lgan.
 
Kecha, 5 dekabr oqshomida Diyora Usmonova Instagram’dagi sahifasiga navbatdagi suratni joylashtirdi. Bu suratda uning 6 yoshli qizi Maryamni va 1 yashar o‘g‘li Ikromni ko‘rish mumkin. Qolaversa, ularning yonida ko‘zoynak taqib yurib ketayotgan Botir Rahimovni ham ko‘rish mumkin.
 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga asosan, Diyora Usmonovaning turmush o‘rtog‘i toshkentlik taniqli millioner Botir Rahimov sifatida ko‘rib kelingan. Biroq, u bu haqda hech qachon ochiq-oydin gapirmagan, qolaversa, suratlarni ham ommaga oshkor etmagan. Botir Rahimov O‘zbekistonda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan tadbirkorlardan sanaladi.
 
O‘tgan yili Botir Rahimovning “Diyoram” deb kuylagan havaskorlik namunasi bo‘lgan qo‘shig‘i va unga ishlangan klip YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
 
Ko‘pchilikka ma’lumki, Alisher Usmonov dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Milliarderning farzandi yo‘qligi uchun uning yolg‘iz ukasi Bahodir Usmonovning o‘g‘li Bobur Usmonov unga merosxo‘r sifatida ko‘rilgan. Alisher Usmonov ham uni o‘z o‘g‘lidek ko‘rgan.
 
2013 yil Usmonovlar oilasi uchun musibatli kechdi. 8 may kuni tonggi soat 5:15 da Bobur Usmonov va Kristina Yo‘ldosheva o‘tirgan Ford Mustang avtomobili Toshkentning Yunusobod tumanida, “Shedevr” supermarketi yaqinidagi qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqqa kelib uriladi. Natijada Bobur va Kristina voqea joyida halok bo‘ladi.
 
Bobur va Diyoraning 2012 yilda tug‘ilgan Maryam ismli qizi bor edi.
 
Ma’lumot o‘rnida, Diyora Usmonova O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani sanaladi. 

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!