Diyora Keldiyorovaga Yaponiyaning Maydzuru shahar hokimi maktub yo‘lladi

Diyora Keldiyorovaga Yaponiyaning Maydzuru shahar hokimi maktub yo‘lladi

Yaponiyaning Maydzuru shahri hokimi Kamoda Akitsu XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikka erishib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgani bilan Diyora Keldiyorovani tabriklab, maktub yo‘lladi. Bu haqda Uza.uz xabar berdi.

Yaponiyalik siyosatchi O‘zbekistonda dzyudo sport turiga berilayotgan e’tibor, Diyora Keldiyorovaning iste’dodi, uning dzyudoning nozik usullaridan chuqur xabardorligi, bilim va salohiyati tahsinga sazovorligini ta’kidlagan.

Diyora Keldiyorovaga Yaponiyaning Maydzuru shahar hokimi maktub yo‘lladi

Diyora Keldiyorovaga Yaponiyaning Maydzuru shahar hokimi maktub yo‘lladi

Diyora Keldiyorovaga Yaponiyaning Maydzuru shahar hokimi maktub yo‘lladi

Shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya dzyudo federasiyalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, do‘stona munosabatlar ramzi sifatida Diyora Keldiyorova "Tokio-2020" hamda "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga aynan Tokioda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etganini, bu, yaponiyalik dzyudo ixlosmandlariga cheksiz faxr bag‘ishlaganini bildirib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!