Diqqat! 10 000 qadam yurganlarga pul to‘lash boshlandi

Diqqat! 10 000 qadam yurganlarga pul to‘lash boshlandi

Yugurish va yurishni ommalashtirish uchun rejalangan 1hls.uz platformasi ishga tushdi.

Saytga kirasiz, iOS va Android uchun dasturlarni yuklab olasiz. Tegishli ustunlarni to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tasiz.

O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan o‘tkaziladi.

Platforma soat 00:00 dan 23:59 gacha hisoblaydi. Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxslarga har oyda:

tuman (shahar)da — 300 ming so‘m;

viloyatlar va Toshkent shahrida — 500 ming so‘m;

Respublika bo‘yicha — 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!