DeSantis 24 soatda 8,2 million dollar yig‘di

DeSantis 24 soatda 8,2 million dollar yig‘di

Florida gubernatori Ron DeSantis 2024-yilgi prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodini e’lon qilganidan keyin dastlabki 24 soat ichida 8,2 million dollar yig‘di, deb yozadi The New York Times nomzodning saylovoldi shtabiga tayanib.

Gazetaning qayd etishicha, DeSantis o‘zining Twitter kampaniyasi boshlanganini e’lon qilishda duch kelgan texnik nosozliklar donorlarning ishtiyoqini susaytirmaganga o‘xshaydi. Uning shtab-kvartirasiga ko‘ra, bor-yo‘g‘i bir soat ichida bir million dollar yig‘ilgan.

Amaldagi prezident Jo Bayden 2019-yilda nomzod sifatidagi ilk 24 soat ichida atigi 6,3 million dollar yig‘gan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!