Dengiz sathi ko‘tarilishining oqibatlari oldindan aytib bo‘lmaydigan darajaga yetdi
Buyuk Britaniyaning Ekzeter universiteti olimlari dengiz sathining ko‘tarilishi qirg‘oqlarni o‘zgartirishi va insoniyatga oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada ta’sir qilishi mumkinligini aniqlashdi.
Iqlim o‘zgarishining ta’siri haqidagi xulosalar Science Advances jurnalida chop etilgan maqolada keltirildi.
Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilar izlanishlar davomida
ming yillik oraliq bilan qirg‘oq xaritalarini tuzish uchun dengiz sathining ko‘tarilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yangilashgan. Natijada 140 orolni o‘z ichiga olgan Buyuk Britaniyaning janubi-g‘arbiy qirg‘og‘idagi Silli arxipelagining ming yildan kamroq vaqt oldin bitta oroldan paydo bo‘lganligi aniqlangan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, quruqlikning yo‘q bo‘lib ketish darajasi nafaqat dengiz sathining ko‘tarilish tezligiga, balki hudud geografiyasiga ham bog‘liqdir.
Ma’lumotlarda qayd etilishicha, taxminan 4-5 ming yil oldin dengiz sathining ko‘tarilishi sekin sodir bo‘lganligiga qaramasdan, orol juda tez suv ostiga cho‘kib ketgan. Bir yilda 10 ming kvadrat metrga teng maydon suv ostiga g‘arq bo‘lgan. Qirg‘oqda yashovchi odamlar katta ehtimollik bilan yangi landshaftga moslashgan va uni tark etishmagan. Bunga esa sayozliklar hamda qirg‘oq hududlarning qisqichbaqalar yig‘ish, shuningdek, baliq hamda qirg‘ovul ovlash uchun yangi imkoniyatlar yaratganligi sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo ayni paytda sayyorada kuzatilayotgan dunyo miqyosidagi o‘rtacha dengiz sathi ko‘tarilishining bir qismi (yiliga taxminan 3,6 millimetr) o‘tmishda Silli jamiyatining qayta tashkil qilinishiga sabab bo‘lganidan ancha yuqorini tashkil etmoqda.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, sohilda yashovchi odamlarning ushbu o‘zgarishlarga munosabatini oldindan aytib bo‘lmaydi. Zero, dengiz sathining ko‘tarilishi butun jamiyatni qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘lgan yangi manbalar yaratishi ehtimoldan yiroq emas.
