Demiral Ronalduning futbolkasini auksionga qo‘ydi

Demiral Ronalduning futbolkasini auksionga qo‘ydi

Merix Demiral zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun Krishtianu Ronalduning futbolkasini sotadi.

«Men hozirgina Krishtianu bilan gaplashdim. U Turkiyada sodir bo‘lgan voqeadan juda xafa ekanligini aytdi.

Kolleksiyamdagi Ronaldu imzosi tushirilgan futbolkani kimoshdi savdosiga qo‘yamiz. Undan tushgan barcha mablag‘ xayriya qilinadi va zilzila sodir bo‘lgan hududda ishlatiladi», — deb yozdi «Atalanta» klubi va Turkiya milliy jamoasi himoyachisi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Futbolchilar «Yuventus»da birga o‘ynashgan. Krishtianuning aynan Turin klubidagi libosi ausionda sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, undan keyin 40dan ortiq yer silkinishi qayd etildi. Natijada 5 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 20 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!