Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqildi
Hukumat qarori (865-son, 20.12.2024 y.) bilan “2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi.
⚡️ Unga ko‘ra, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:
🔹barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;
🔹davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
🔹davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
🔹davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish;
🔹davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;
🔹davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.
Shuningdek, 2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.