Davlat test markazi mutaxassislarni ishga taklif qiladi

Davlat test markazi mutaxassislarni ishga taklif qiladi

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish, test texnologiyalarining zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish va xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda bilimlarni baholashning milliy tizimini ishlab chiqish uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi. Bu haqda markaz axborot xizmati xabar berdi. 

Mutaxassislar:

— o‘zbek tili va adabiyot;
— rus tili va adabiyot;
— qoraqalpoq tili va adabiyot;
— tojik tili va adabiyot;
— qozoq tili va adabiyot;
— qirg‘iz tili va adabiyot;
— turkman tili va adabiyot;
— ingliz tili;
— nemis tili;
— fransuz tili;

Shuningdek, o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida:

— fizika;
— matematika;
— kimyo;
— biologiya;
— tarix;
— geografiya fanlari bo‘yicha ishga taklif qilinadi.

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

— mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
— ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
— mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish;
— pedagogik o‘lchovlar va testologiyaga oid nazariy bilimlarga ega bo‘lish;
— sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
— test topshiriqlarini tuzish metodikasi va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda test_tex@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

☎️ Murojaat uchun telefon: (71) 235-61-27.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!