Davlat dasturlari, Bosh rejalar va yo‘l xaritalarining Strategik ekologik baholash tartiblari joriy etiladi

Davlat dasturlari, Bosh rejalar va yo‘l xaritalarining Strategik ekologik baholash tartiblari joriy etiladi

AOKAda Davlat ekologik ekspertizasi markazi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasi taqdim etildi.

Amaldagi Qonun nomi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” bo‘lib, yangi tahrirdagi Qonun loyihasi Ekologik baholashning barcha jabhalarini qamrab olishi sababli “Davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida” etib nomlandi.

📌Yangi tahrirdagi Qonunga muvofiq:

🔵ekologik ekspertiza xulosalarini berishda jamoatchilik fikrini inobatga olish majburiyatlari kiritildi (Orxus konvensiyasi talablari asosida);

🔵atrof-muhitga ta’sirni baholash va Strategik ekologik baholash mezonlari kiritildi (Espo konvensiyasi va Strategik ekologik baholash bayonnomasi talablari asosida);

🔵amaldagi 4 ta xavflilik toifalari halqaro talablarga muvofiq 3 taga o‘tkazildi;

🔵Qonunosti hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 541-son va 14-son qarorlari o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan Qonun loyihasi ishlab chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!