Daryo transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlandi

Daryo transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 11 sentyabrdagi 462-son qarori bilan daryo transportida yuk tashish qoidalari tasdiqlandi.

Qoidalarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruviga doir qismiga binoan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan kemadagi tovarlar va ekipaj a’zolari va yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlari, valyuta boyliklari bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi shart.

✅ Kemalarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun buyurtma daryo floti bo‘yicha navbatchi dispetcher tomonidan beriladi.

✅Chet elga jo‘nab ketuvchi kemalar portda turgan vaqtda chegara nazorati bo‘linmalari va bojxona organlarining nazorati ostida bo‘ladi.

✅Chegara nazorati bo‘linmalari va bojxona organlari tomonidan chegara va bojxona nazorati amalga oshirilayotgan kemalarning yoniga to‘xtash, shuningdek, bortdan qirg‘oqqa yoki qirg‘oqdan bortga biror-bir buyumlarni uzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✅Bojxona organlarining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kema bortiga istalgan vaqtda chiqishi mumkin.

✅Kema ekipaji a’zolari tomonidan bojxona ishi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari bajarilmagan taqdirda, jo‘natish bojxona posti xodimi nazoratni to‘xtatishga haqli.

Hujjat bilan kemalar va yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, kemalarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishda va chiqishda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvida tartibi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!