Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +20 darajaga ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +20 darajaga ko‘tariladi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi. Bunday harorat foni fevral oyi birinchi o‘n kunligi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan +6...+8 darajaga ko‘p bo‘ldi.

Respublikaning tog‘li hududlarida harorat ko‘tarilishi hisobiga qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +5...+8 daraja iliq, kunduz kunlari +17...+19 daraja iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!