Dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari quyoshli va iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘tgan dam olish kunlari yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va keskin sovuqdan so‘ng, ushbu hafta davomida ob-havo O‘zbekiston aholisini quyoshli va iliq ob-havo bilan quvontirdi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ushbu dam olish kunlari va keyingi hafta boshida respublika bo‘yicha kuchsiz shamollar bilan bulutsiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi va ertalab juda salqin, 6-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kun davomida quyosh havoni 22-25 daraja issiqqacha ko‘taradi. Bu oktyabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3 darajaga yuqoridir. Biroq, eng issiq bo‘lgan oktyabr oylarida Toshkentda kunduz kungi harorat 32-35 daraja issiqqacha ko‘tarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!