Dahshatli falokat: yo‘lovchi hayotining so‘nggi lahzalarini videoga olayotganini bilmagandi (video)

Dahshatli falokat: yo‘lovchi hayotining so‘nggi lahzalarini videoga olayotganini bilmagandi (video)

Dahshatli avtofalokat Murmansk viloyati, Kolsk tumanida sodir bo‘ldi.

13 aprel kuni yengil mashinada kelayotgan yo‘lovchi bo‘layotgan hodisalarni videoga olib, gapirib ketayotgandi. Kutilmaganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan boshqa bir yengil mashina oldidagi KamAZni quvib o‘tishga urindi. Natijada bu tomondagi yengil mashina chetroqqa burildi va muvozanatni yo‘qotdi. Oqibatda dahshatli falokat sodir bo‘ldi. Yo‘lovchi o‘lgan, videokamerasi esa ishlab turardi.

Vecherniy Murmansk gazetasining yozishicha, ayni damda fojia sababchisi bo‘lgan yengil mashina haydovchisi qidirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!