Dahshat! Yuvinish xonasida ikki nafar ayolning jasadi topildi

Dahshat! Yuvinish xonasida ikki nafar ayolning jasadi topildi

Moskvadagi kvartiralardan birining yuvinish xonasida 28 hamda 32 yoshdagi ayollarning jasadlari topildi. Shuningdek, kvartirada marhumalardan birining uch yashar farzandi ham bo‘lgan. U jasadlar bilan birga 12 soat qolib ketgan.

Marhumalarning yonidan shpris topilgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘limga haddan ortiq darajada qabul qilingan giyohvand modda sabab bo‘lgan. Ayni damda bolakayga kerakli yordam ko‘rsatilmoqda. Jasadlar esa aniq tashxis qo‘yish uchun ekspertizaga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!