Moskvada 13 yoshli qizni zo‘rlagan 16 yoshli uch nafar rossiyalik hibsga olindi. O‘smirlar bu jinoyatni videoga olgan va do‘stlariga yuborgan. Bu haqda 22 iyul, payshanba kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva departamentining rasmiy vakili Yuliya Ivanova ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil dekabr oyida 16 yoshli gumonlanuvchilar 13 yoshli jabrlanuvchini mehmonga taklif qilishgan va noma’lum narsani uning ichimlikiga aralashtirib yuborishgan. Keyin, jabrlanuvchining behush holatidan foydalanib, ular jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirdilar. Zo‘rlovchilar sodir bo‘layotgan voqeani mobil telefon kamerasida tasvirga olishdi.
Ular jabrlanuvchini, agar u huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilsa, videoni tarqatib yuboramiz, deb qo‘rqitishgan va keyinchalik videoni o‘z tengdoshlariga ko‘rsatish orqali o‘z rejalarini amalga oshirishgan. Faqat olti oydan so‘ng, jabrlanuvchi voqea haqida ota-onasiga aytib berdi va ular darhol polisiyaga murojaat qilishdi.
Ayni damda Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi ("Jabrlanuvchini o‘n to‘rt yoshga yetmagan holda zo‘rlash"), 132-moddasi ("Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida uchalasi ham o‘z ayblarini tan olishdi va jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
АҚШ президенти Donald Trump Украинадаги можарони ҳал этиш бўйича музокаралардан воз кечмайди. Бу фикрни сиёсатшунос, Инновацион ривожланиш институти Геосиёсий тадқиқотлар маркази директори Дмитрий Родионов билдирди.
Туркия ва Ҳиндистон давлатларида ишлаб чиқарилган “Дюспаталин”, “Новомикс”, “Гальвус МЕТ” каби 87 турдаги дори воситалари ашёвий далил сифатида расмийлаштирилиб олинди
Божхона қўмитасининг Тошкент ва Андижон вилоятлари божхона бошқармаларининг Контрабандага қарши курашиш бўлимлари, Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент ва Андижон вилоятлари бошқармалари ҳамда Ички ишлар идоралари вакилларидан иборат махсус тезкор гуруҳ синтетик гиёҳвандлик воситалари тайёрлаб келинган йирик нарколаборатория фаолиятини фош қилишди.
Айни шу рейс билан юртимизга учиб келган яна бир фуқаро шимининг чўнтаги ва пайпоқларига қиймати 907 млн сўмлик 803 грамм заргарлик буюмларини яширганлиги аниқланди.
Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.