Dafn marosimlarini o‘tkazish xizmati ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan 2 000 AQSh dollari talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi

Dafn marosimlarini o‘tkazish xizmati ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan 2 000 AQSh dollari talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i J.A. tadbirkor I.T.dan dafn marosimlarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga 2 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!