“Colgate” va “Galaxy” sud ishi yuzasidan Oliy sud yana qo‘shimcha axborot berdi

“Colgate” va “Galaxy” sud ishi yuzasidan Oliy sud yana qo‘shimcha axborot berdi

“Dentafill Plus” MCHJ (“Torimed Pharm”ning huquqiy vorisi) javobgar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga bergan shikoyat arizasi Yunusobod tuman ma’muriy sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

2019 yil 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudning ajrimi bilan uchinchi shaxs “Colgate – Palmolive Company” kompaniyasi vakilining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Torimed Pharm” MCHJ ga qo‘zg‘atilgan 09/09-sonli ish bilan tanishish va ishni boshqa kunga qoldirish haqida iltimosnomasi qanoatlantirilib, ishni ko‘rish 2019 yil 12 iyul 11:30 ga qoldirilgan edi. 

Oliy sud Matbuot xizmati boshlig‘i v.b. Olimjon O‘sarov ma’lum qilishicha, bugun mamlakatimizning yetakchi internet nashrlari e’tiborga tushgan mazkur sud jarayoni davom ettirilgan va unda arizachi “Dentafill Plus” MCHJ shikoyatga qo‘shimcha ravishda ariza va hujjatlar taqdim qilgan. 

Sudning ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 3-shaxs sifatida ishga jalb qilingan va ishni ko‘rish 2019 yil 23 iyul kuni soat 11:00 ga qoldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!