Coca-Cola yangi ta’mli ichimlik chiqaradi

Coca-Cola yangi ta’mli ichimlik chiqaradi

Coca-Cola kompaniyasi so‘nggi 10 yil ichida ilk bor yangi ta’mli ichimlik chiqarishini ma’lum qildi.

Yangi ta’mli ichimlik 25 fevral kuni sotuvga chiqariladi, deb xabar bermoqda kompaniya sayti.

Yangi ichimlik apelsin va vanil ta’miga ega bo‘ladi. Shuningdek, shakarli va shakarsiz variantlarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, 1985 yilda Coca-Cola ichimligining olcha, 2007 yilda esa vanil ta’miga ega bo‘lgan ichimliklari sotuvga chiqarilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!