«Cobalt» 2022 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi

«Cobalt» 2022 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi

Qozog‘iston avtomobil biznesi assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda mamlakatda jami 123 778 dona yangi yengil va tijoriy avtomobillar xarid qilingan bo‘lib, eng talabgir avtomobil brendlari reytingida «Chevrolet» yetakchilik qildi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston avtomobil bozorida «Chevrolet» 34 289 dona (27.7 %) sotuvdagi ulushi bilan yetakchiligini mustahkamlagan. «Hyundai» 28 864 (+27 %) sotuv bilan ikkinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, «Kia» 14 421 (11.65 %) dona avtomashina sotib reytingda uchinchi bo‘ldi.

Qozog‘istonliklar tomonidan eng ko‘p xarid qilingan avtomobil modellari orasida «Cobalt» 23 178 dona sotuvi bilan birinchilikni saqlagan holda, eng talabgir model bo‘lib 2022 yilni yakunlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!