Chumoli brilliant “o‘g‘rilash”ga urindi

Chumoli brilliant “o‘g‘rilash”ga urindi

Kuni kecha Italiyada zargarlik buyumlari do‘konida “qo‘pol” ravishda brilliant o‘g‘irlashga urinish bo‘ldi. O‘g‘irlik tasvirlangan video internetda tarqaldi.
 
Videorolikda chumoli do‘kondagi brilliantni sudrab ketayotganini ko‘rish mumkin. U bir necha daqiqa davomida qimmatbaho toshni sudragan.
 
Internetda ushbu video bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
 
Ba’zilar “Chumoli odam” filmini suratga olgan “Marvel” kinokompaniyasiga murojaat qilib, bu ishda ularning qo‘li bor yo‘qligini bilish kerakligini aytib hazil qilsa, boshqalar hazilni bir chetga surib, chumoliga brilliant nega kerak bo‘lib qolganiga qiziqish bildirgan.
 
Boshqa bir guruh foydalanuvchilari esa chumoli brilliantni o‘z juftiga sovg‘a qilmoqchi bo‘lganini aytib, hazil qilganlar.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!