Chinoz tumanidan keltirilgan qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘konlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sho‘rchi tumanidagi “B.f.” xususiy korxonasi rahbari F.M. xaridorga 205 dona “KVADRAT” nomli alkogol mahsulotini 4,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘koni va omborxonasidan Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi “Komsar” MCHJda ishlab chiqarilganligi ko‘rsatilgan 19 xil turdagi umumiy bahosi 981,8 mln so‘mlik jami 29 080 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “X.S.” MCHJga qfarashli savdo do‘konida kirim hujjatlari bo‘lmagan “Komsar” MCHJda ishlab chiqarilganligi ko‘rsatilgan umumiy bahosi 160 mln so‘mlik jami 4 524 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumanidagi “F.M.” MCHJga qarashli savdo do‘konida “Komsar” MCHJda ishlab chiqarilganligi ko‘rsatilgan jami 316 dona alkogol mahsuloti savdoga qo‘yilganligi, shuningdek 704 dona qalbaki aksiz markalar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish), 186-1-modasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.