Chexiya prezidenti 60 ming kron miqdorida jarimaga tortildi

Chexiya prezidenti 60 ming kron miqdorida jarimaga tortildi

Chexiya prezidenti Petr Pavel saylovoldi tashviqoti hisobotini buzgani uchun 60 ming kron (taxminan 2650 dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda CHTK agentligi xabar berdi.

Jarima Chexiya Respublikasining siyosiy partiyalar va harakatlarning iqtisodiy faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan chiqarilgan. Bu departament tomonidan tarixdagi shaxsga qo‘yilgan eng katta pul jazosi.

Departament Pavel tomonidan uning saylovoldi kampaniyasi homiylari to‘g‘risida taqdim etgan deklarasiya to‘liq bo‘lmaganligini va shuning uchun respublikada belgilangan me’yorlarga mos kelmasligini aniqladi. Unda jismoniy shaxslarning tug‘ilgan sanasi va yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuridik shaxslarning ro‘yxatga olish raqamlari va yuridik manzillari ko‘rsatilmagan. Pavelning inaugurasiyasi 9 mart kuni bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!