«Chelsi» autsayderga qarshi qiyin kechgan o‘yinda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

«Chelsi» autsayderga qarshi qiyin kechgan o‘yinda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

Angliya chempionatining 32-turida Kardiff Siti Chelsi ni qabul qilib, o‘yin oxirida o‘tkazilgan gollar tufayli 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Viktor Kamarasa maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin oxirida londonliklar klubi himoyachisi Sesar Aspilikueta boshqa bir himoyachi Markos Alonsoning pasidan keyin hisobni tenglashtirdi, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Villianning pasini golga aylantirgan Ruben Loftus-Chik aristokratlar ga g‘alaba keltirdi.

Endilikda Chelsi ochkolari sonini 60taga yetkazgan holda turnir jadvalida oltinchi o‘rinda qolmoqda, Kardiff Siti 28 ochko bilan 18-o‘rinda joylashgan.

Chelsi keyingi o‘yinni 3 aprel kuni o‘z maydonida Brayton ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!