Byurgenshtokdagi konferensiyaning yakuniy hujjatini 91 davlatdan 80 tasi qo‘llab-quvvatladi

Byurgenshtokdagi konferensiyaning yakuniy hujjatini 91 davlatdan 80 tasi qo‘llab-quvvatladi

15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha konferensiyaning yakuniy hujjati forumda ishtirok etgan 91 davlatdan 80 tasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Bu haqda hujjatni ma’qullagan davlatlar ro‘yxatiga tayanib, «TASS» yozmoqda.

Hujjatni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar qatorida, xususan, Braziliya, Hindiston va Saudiya Arabistoni ham bor.

Shu bilan birga, ro‘yxatga Shveytsariya, Turkiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSh ham kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!