Buyuk Britaniyaning Stokgolmdagi elchixonasi yoniga ichida xavfli kukun bo‘lgan xalta tashlab ketildi

Buyuk Britaniyaning Stokgolmdagi elchixonasi yoniga ichida xavfli kukun bo‘lgan xalta tashlab ketildi

Buyuk Britaniyaning Stokgolmdagi elchixonasi yonidan noma’lum, katta ehtimollik bilan ichida portlovchi modda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan xalta topildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Voqea joyida bir nechta polisiya patrullari bor bo‘lib, mutaxassislar ushbu moddani o‘rganishmoqda", deydi Stokgolm polisiyasi vakili Xelena Bustryom Tomas.

Shubhali narsa topilganligi haqidagi ma’lumot Stokgolm polisiyasiga mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da kelib tushgan.

Hodisa tafsilotlari hali e’lon qilinmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!