Buyuk Britaniyada inflyasiya 40 yil ichida birinchi marta 10 foizdan oshdi

Buyuk Britaniyada inflyasiya 40 yil ichida birinchi marta 10 foizdan oshdi

Buyuk Britaniyada Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli inflyasiya 40 yil ichida birinchi marta 10 foizdan oshdi.

Mamlakatda narxlarning oshishi deyarli barcha sohalarda sezilmoqda, deb yozadi The Guardian. Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa, yoqilg‘i, oziq-ovqat, kiyim-kechak va poyabzal, restoranlar, mehmonxonalar va dam olish paketlari qimmatlashgan.

Angliya banki prognozlariga ko‘ra, inflyasiya darajasi oktyabr oyida 13,2% gacha ko‘tarilishi mumkin - va bu mamlakat iqtisodiyotida uzoq davom yetadigan tanazzulga olib keladi.

Avvalroq, OAV Yevropada, jumladan, Buyuk Britaniyada elektr energiyasi narxi bir necha marta ko‘tarilganini va hech qanday orqaga qaytish kutilmasligini yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!