Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib «Omikron» shtammiga qarshi vaksinani tasdiqladi

Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib «Omikron» shtammiga qarshi vaksinani tasdiqladi

Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib Moderna kompaniyasining COVID-19ning «Omikron» variantiga moslashtirilgan vaksinasini buster-doza sifatida qo‘llashga ruxsat berdi.

Qayd etilishicha, ushbu preparat ham “koronavirusning 2020 yilgi asl shtammi”ga, ham «Omikron» shtammi va uning BA.4 va BA.5 subliniyalariga qarshi kurashishga qodir.

Vaksina 18 va undan katta yoshdagi odamlarda qo‘llash uchun tasdiqlangan. Biroq, Buyuk Britaniya birinchi navbatda keksalar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarni revaksinasiya qilish dasturini boshlashni rejalashtirmoqda (https://t.me/nigoh_01/2889).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!