Buyrak kasalliklarini aniqlashning samarali usuli ishlab chiqildi

“Skoltex”, shuningdek, Sechenov universiteti va boshqa bir qator Rossiya tibbiyot markazlari mutaxassislari odam peshobidagi ma’lum turdagi oqsillarning konsentrasiyasini aniqlashga asoslangan surunkali buyrak kasalligini dastlabki bosqichlarda tashxislashning yangi noinvaziv usulini ishlab chiqishdi.
Buyrak funksiyasi me’yorda bo‘lsa, odamning peshobiga minimal miqdordagi oqsil kirib boradi, ammo agar biron bir kasallik yuzaga kelsa, ularning peshobdagi miqdori ba’zi hollarda 1000 martagacha oshadi. Ilgari bu fakt faqat patologiyaning mavjudligini, uning sababini ko‘rsatmasdan aniqlab berardi, chunki buyrak kasalligining paydo bo‘lishiga qandli diabet, tez-tez yuzaga keladigan yuqori qon bosimi, qandaydir yallig‘lanish va o‘sma sabab bo‘lishi mumkin.
Rus olimlari o‘z tadqiqotida peshobdagi konsentrasiyaning oshishi patologiya turini ham, uning murakkablik darajasini ham ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan oqsillarni aniqlashdi. Hozirgacha ushbu yondashuv uchta turdagi patologiyalarga nisbatan qo‘llanilgan. Tadqiqotchilar ushbu kasalliklarga chalingan odamlarda turli xil oqsillarning konsentrasiyasini o‘lchab, ularni sog‘lom odam bilan solishtirishdi.
Ushbu patologiyalardagi oqsillarning tarkibi va turlarini o‘rganib chiqqan olimlar buyraklardagi boshqa turdagi oqsillarning tarkibini o‘rganishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi techcult.ru.