Buxoroda teplovoz yuk mashinasini urib ketdi

Buxoroda teplovoz yuk mashinasini urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Kogon tumanidan o‘tuvchi temir yo‘lda teplovoz hamda yuk mashinasining to‘qnashuvi aks etgan video yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 6 iyun kuni taxminan soat 16:10 larda Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan poyezd teplovozi Buxoro tumani «Zarmanoq» mahallasida yashovchi B.L. boshqaruvidagi «Chakman» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur to‘qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga biroz texnik shikast yetgan.

Hozirda holat yuzasidan Kogon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!