Buxoroda ichida maktab o‘quvchilari bo‘lganbo‘lgan avtobus YTHga uchradi — qurbon bor

Buxoroda ichida maktab o‘quvchilari bo‘lganbo‘lgan avtobus YTHga uchradi — qurbon bor

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus YTHga uchrgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX Matbuot xizmati ma’lumot beodi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2024 yil 18 mart kuni soat 10:30 lar atrofida Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lning tartibga solingan chorrahasida 1991 yilda tug‘ilgan O.SH. boshqaruvida bo‘lgan avtobus hamda 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida, bir nafar avtobus yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. 25 nafar yo‘lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, vafot etgan yo‘lovchi Kogon tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchis bo‘lgan.

YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Barcha haydovchilardan yo‘llarda qoidalarga rioya etgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!