Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi respublika ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatini “Tozalik va yashillik makoni”ga aylantirish bo‘yicha targ‘ibot harakatlari doirasida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganish davomida vazirlik huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, viloyat Ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi mas’ullari hamda viloyat Ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmalari vakillari ishtirokida hududlarning sanitar holati yuzasidan ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida Kogon shahri, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlarida joylashgan oziq-ovqat hamda buyum bozorlari sanitariya talablariga javob bermasligi, sanitar tozalash infratuzilmasi ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish talablari buzilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan "G‘ijduvon dehqon bozori", "Kogon savdo market", "Kogon Sohibkor dehqon bozori", "Shofirkon dehqon bozori" va "Shofirkon savdo kompleksi" ma’muriyatining jami 5 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli Sud organiga taqdim etildi.
Shuningdek, o‘rganishda bir qator fuqarolar tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari aniqlanib, har bir huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BMHning 1 baravari, ya’ni 375 ming so‘mdan jarima qo‘llanildi.
Bundan tashqari, Agentlik mas’ullari va Ekologik davlat nazorat inspektorlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qaroriga muvofiq sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari haqida batafsil tushuntirildi.
Bu kabi kuchaytirilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Ўзбекистонлик диний олим ва блогер Мубашшир Аҳмад 2025 йилнинг 8 май, пайшанба куни тонгда Истанбулнинг Баҳчешеҳир мавзеидаги уйидан гумонланувчи сифатида олиб кетилган.
Green Card-2025’да энг кўп ютуқни ўзбекистонликлар қўлга киритди. DV-2025 Diversity Visa Program ғолиблари статистикасини давлат кесимида эълон қилинди.
Дастлабки маълумотларга кўра, ёқилғи ортилган юк машинаси ағдарилиб, қарама-қарши йўлга чиқиб кетган. У ерда йўловчи автобуси ва енгил автомобиль билан тўқнашиб кетган.
Навбатдаги ҳолатда, пойтахтда вақтинча истиқомат қилиб келаётган 2004 й.т. хорижий фуқаро бошқа чет эт фуқаросининг ишончига кириб, унга Буюк Британия сохта фуқаролик паспортларини тайёрлатиб бериш имконияти борлигини айтади
“Репорт” нинг хабар беришича , бу ҳақда яҳудий давлати ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Германия ташқи ишлар вазирлигининг янги раҳбари Иоган Вадефул билан Қуддусда бўлиб ўтган учрашувдан сўнг маълум қилди.
Украина расмийларининг "аввал 30 кунлик сулҳ эълон қилиш, кейин музокараларни бошлаш" ҳақидаги баёнотларига қарамай, Москва 15 майда Истанбулда музокаралар ўтказишни устувор деб ҳисоблашда давом этмоқда.
Янги Рим папаси Лео XIV учун Украина понтифик этиб сайланишидан олдин "ҳар доим устувор бўлган" , деди Рим-католик черковининг Киэв-Житомир епархияси епископи Виталий Кривитский Обозревателга берган интервьюсида .