Buxoroda 25 yoshli qiz o‘zini elektr kabeliga osib qo‘ydi

Buxoroda 25 yoshli qiz o‘zini elektr kabeliga osib qo‘ydi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 1995 yilda tug‘ilgan Navro‘zova Farog‘at Ernazar qizi o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri Buxoro viloyat prokuraturasi axborotiga tayanib xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha qiz 2019 yilning 17 noyabr sanasida soat 21:00 lar atrofida yashash xonadonining tandirxonasi tom qismiga elektr kabeliga osilgan holatda topilgan. Shu kuni huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv tashkillashtirilgan.

Shundan so‘ng oradan bir oy o‘tib, 2019 yilning 17 dekabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat alomatlari bor yoki yo‘qligini bilish uchun JKning 103-moddasi 1-qismi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Marhumning qarindoshlari tuman prokuraturasi faoliyatidan qoniqmaganligi hamda jinoyat ishi malakali tergov bilan o‘tkazilishi maqsadida ish viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limida tuzilgan malakali tergov-tezkor guruhiga topshirildi. Shundan so‘ng marhumning qarindoshlari viloyat prokururi bilan ham uchrashgan. Ularga tegishli tushuntirish berilgan.

Hozirda jinoyat ishi shaxsan viloyat prokurorining nazoratida ekani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!