Buxoro va Xorazmda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Buxoro va Xorazmda fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.X. tanishlari yordamida ikki nafar fuqaroni G‘ijduvon va Buxoro tibbiyot kollejlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.J. “F” MCHJ rahbari (hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kursi) bilan oldindan til biriktirib, fuqaro G.ni Urganch shahridagi tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!