Buxoro shahrida ochilmasdan qolayotgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi

Buxoro shahrida ochilmasdan qolayotgan o‘g‘rilik jinoyati fosh etildi

G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro G‘.T 2020 yil 03 fevral kuni Buxoro shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 31 yanvar kuni soat 19:55 larda noma’lum shaxs “Yoshlik” sport majmuasi oldida turgan o‘ziga tegishli “Lasetti” rusumli 80 R 717 EA davlat raqam belgili avtomashinasining eshiklari ochiq qolganligidan foydalanib, avtomashina salonidan 2.000.000 so‘m va 800 AQSh dollari pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi. 


Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol L.R, Andijon tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan S.S va Andijon shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan B.G‘.lar sodir qilganligi aniqlangan. 
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!