Bo‘stonliqdagi loyihalar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan — Shavkat Mirziyoyev

Bo‘stonliqdagi loyihalar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi yig‘ilishida turizm sohasining holati tahlil qilinar ekan, turistlarning 80 foizi Bo‘stonliq tumaniga borishi, boshqa tumanlarda infratuzilma va xizmatlar past darajada ekanligi, ichki va xorijiy turistlar soni 1,5 million nafarga ham yetmasligi ta’kidlandi.

Prezident turizm xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy yuk Bo‘stonliq tumaniga tushayotgani, shu bilan birga Bo‘stonliqda boshlangan loyihalar natijasi hali ko‘rinmagani, loyihalar o‘z holiga tashlab qo‘yilganini ta’kidladi.

Parkent, Angren va Ohangaron tog‘li hududlarida zamonaviy turizm klasterlarini tashkil etish ishlarini boshlash vaqti keldi, dedi davlatimiz rahbari.

Viloyatning har bir tuman va shahar hokimiga bir oy muddatda o‘z hududida turizmni qanday rivojlantirishi bo‘yicha aniq ish rejasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xorijiy ekspertni jalb qilib, viloyat turizmini rivojlantirish “master-reja”sini ishlab chiqish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!