BO‘STONLIQ TUMANIDA BIR NECHTA DAM OLISh OB’EKTI SOTUVGA QO‘YILDI

BO‘STONLIQ TUMANIDA BIR NECHTA DAM OLISh OB’EKTI SOTUVGA QO‘YILDI

Bo‘stonliq tumanining ayrim turistik-dam olish hududlari elektron onlayn-auksionga qo‘yildi.

2020 yil 17 sentyabrdagi 560-qaror bilan 2-Ilovaga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 560-qaroriga muvofiq, Bo‘stonliq tumani hududida joylashgan «Nanay» MFY «Shoxobcha № 16» va «Novabad» MFY hududidagi «Sobiq karlarga tegishli qurib bitkazilmagan ob’ekt» elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, “Chorvoq” turistik-dam olish hududi direksiyasi «Shoxobcha №16» bo‘yicha investision majburiyatlarni tayyorladi.

Shuningdek, “Chorvoq” turistik-dam olish hududining bosh rejasiga binoan, mazkur ob’ektlarni qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan «Iqtisodchi» dam olish bazasi sotuvlarini o‘tkazishda mazkur ob’ektlarni bir nechta lotlarga bo‘lish haqida taklif kiritilgan.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi «Ko‘ktongli» MFYda joylashgan “Qurib bitkazilmagan klub binosi”ni eng kam investision va ijtimoiy majburiyatlar bilan, qolaversa, quyida sanab o‘tilgan boshqa shartlar asosida sotish takliflari kiritilgan.

I. Eng kam investisiya va ijtimoiy majburiyatlar.

1. Amalga oshirish muddati – 14 oy

2. Investision majburiyatlar:

a) umumiy ovqatlanish, mehmon uyi, ozi-ovqat do‘koni, dorixona, suvenir va sovg‘alar do‘koni, xo‘jalik do‘koni, sartaroshxona, ayollar go‘zallik saloni majmuasini yaratish;

b) 300,0 mln so‘m miqdoridagi investisiyalar;

v) binolar old qismi va tomini shag‘al, loysuvoq, yog‘och kabi tabiiy hamda sun’iy materiallar yordamida tabiiy landshaft bilan uyg‘unlashtirish.

3. Beshta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish.

II. Arxitektura va dizaynga talablar.

1. Landshaft dizaynini ishlab chiqish.

2. «Chorvoq» turistik-dam olish hududi direksiyasiga egizak-loyihani tasdiqlatish.

3. Quyidagi hamda qurilish va shaharsozlik sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda keltirilgan talablarga amal qilish:

– O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksi;

– O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksi;

– «Chorvoq» turistik-dam olish hududining bosh rejasi;

– SHNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari) 1.03.02-04, SHNQ 2.07.01-03.

III. Atrof-muhitni muhofaza qilish va himoya talablari.

1. Loyiha doirasida mavjud daraxtlarni saqlab qolish.

2. Tabiiy landshaft yaratish va qo‘shimcha 20ta daraxt ekash orqali uni doimiy qo‘llab-quvvatlash.

BO‘STONLIQ TUMANIDA BIR NECHTA DAM OLISh OB’EKTI SOTUVGA QO‘YILDI

BO‘STONLIQ TUMANIDA BIR NECHTA DAM OLISh OB’EKTI SOTUVGA QO‘YILDI


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!