Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati 2019/20 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Polshalik futbolchi Bundesliganing 30 ta o‘yinida 33ta gol urib, to‘purarlar bahsida katta ustunlik bilan peshqadamlik qilyapti. Bundan tashqari, Robert «Oltin butsa» reytingida ham 1-o‘rinda turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Klub Bundesliganing so‘nggi turida 27 iyun kuni safarda «Volfsburg» bilan bellashadi.

Levandovski 2014 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!