Bugun O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi davom etmoqda. Bugun, 19 sentyabr kuni davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh Prezidentlari sammitida ishtirok etadi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3383).
Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan va boshqa uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)