Bugun O‘zbekiston — Germaniya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlanadi

Bugun O‘zbekiston — Germaniya xalqaro sog‘liqni saqlash forumi boshlanadi

Samarqand shahri 26-27 may kunlari ushbu nufuzli forumga mezbonlik qiladi. Sanoqli daqiqalardan so‘ng "Silk Road Samarkand" majmuasi Kongress markazida xalqaro tadbirning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda ikki mamlakatning sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari, diplomatik korpus vakillari, yetuk olimlar va ekspertlar, Germaniyaning yetakchi xususiy tibbiyot markazlari hamda yirik farmasevtik korxonalar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!