Bugun Uchtepa tumanida suv o‘chadi
Uchtepa tuman “Tashmoloko” nasos inshoatida nosozlik sodir bo‘ldi. Bu haqda Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha ushbu nosozlik sabab, 2020 yil 26 noyabr kuni, soat 09:00dan 21:00 gacha quyidagi manzillarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
11 – mavze
2-uy, 8-20-uylar, 23-24- uylar, 28-50-uylar, 53-uy, 56-64-uylar, 1-uy, 1A-uy, 340-sonli MTT, 74-sonli umumta’lim maktab, Akademik lisey, “Chiroy” klinikasi, Hunarmandchilik kolledji, elektr podstansiya, “Shuxrat” savdo majmuasi.
12 – mavze
1-12-uylar, 15-27-uylar, 6A-uy, 32-49-uylar, 50-51-uylar, 34A-34B-uylar, 54-64-uylar, 283-sonli umumta’lim maktab,189-umumta’lim maktab, 16-sonli musiqa maktab, 334-sonli MTT, 328-sonli MTT, 341-sonli MTT, “Yuridik” kolledj, “Urologik” markaz.
26 – mavze
10A-uy, DSI, Dizayn kolledji, 26-mavzeda joylashgan qolgan ko‘p qavatli uylarda ichimlik suv bosimi pasayadi.
"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.
