Bugun parlament binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun parlament binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Keyptaun shahrida Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) parlamenti binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda 2 yanvar, yakshanba kuni ma’lum qilindi.

Favqulodda xizmatlar vakilining aniqlik kiritishicha, binoning o‘zi, shuningdek, tomi yongan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan hudud ustidan quyuq tutun ko‘tarilmoqda.

Hozirda yong‘inni lokalizasiya qilishning imkoni yo‘q. O‘t o‘chiruvchilar qo‘shimcha kuchlarni talab qilishdi.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q, sodir bo‘lgan voqea sabablari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!